Do‘koningiz qayerda joylashgan?
Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Tolariq ko‘chasi, 36-uy. Kelishdan oldin Telegram yoki telefon orqali kerakli model borligini aniqlab oling: +998 20 029 47 79.
Viloyatlarga yetkazib berasizmi?
Ha. Toshkent bo‘ylab va O‘zbekistonning barcha viloyatlariga yetkazib beramiz — Samarqand, Namangan, Andijon, Jizzax, Xorazm va boshqalar.
Uskunalarga kafolat bormi?
Ha, har bir mahsulot kafolat bilan sotiladi. Kafolat muddati model va brendga bog‘liq.
Narxlarni qanday bilaman?
Telegramda yozing yoki qo‘ng‘iroq qiling — kerakli model narxi va mavjudligini darhol aytamiz. Kafe yoki novvoyxona ochayotgan bo‘lsangiz, to‘liq to‘plam narxini hisoblab beramiz.
Uy uchun ham texnika sotasizmi?
Ha. Biznes uchun ham, uy oshxonasi uchun ham: mikser, blender, kofemashina, samovar, sharbat siqgich va boshqalar.
Qanday brendlar bor?
Shunmai, Remta, Işıkgaz, Silver, Çağdaş, Southstar, Welhome va boshqa brendlar. Kerakli modelni buyurtma asosida ham olib kelamiz.